338

Safar mazmunli va samarali o‘tmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi safari davom etmoqda. 

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida Qohiradagi “Safir” mehmonxonasida talabalar uchun kechki dasturxon uyushtirildi. Tadbirda Akademiya vakillari Misrda ta’lim olayotgan talaba-qizlar bilan uchrashdi. Ularga Akademiya “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi Zulfiya Shokirova yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun berilayotgan imtiyozlar, shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi. 

Davra suhbati davomida Akademiya talabalari yig‘ilganlarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Akademiya delegatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish