345

Talabalar o‘rtasida “Psixologiya bilimdoni” mavzusida intellektual musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya bilimdoni” mavzusida intellektual musobaqa bo‘lib o‘tdi. “Din psixologiya va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kafedra mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Kafedra o‘qituvchisi M.Isayeva tomonidan olib borilgan bilimlar bellashuvida talabalardan iborat “Mentalist”, “Kreativ” hamda “Fokus jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa davomida talabalar turli shartlar, qiziqarli o‘yinlar orqali olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Psixologik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdi.  

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Kreativ” jamoasiga esa pul mukofoti topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish