O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar xalqaro konferensiyada yuksak e’tirof etildi
8-iyun kuni Qohirada davom etayotgan xalqaro anjumanning asosiy qismida Muftiy Nuriddin domla hazratlari nutq qilib, Islom ma’rifatini to‘g‘ri yetkazish va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turish borasidagi O‘zbekiston tajribasini bayon etdilar.
Ma’ruzada “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida ekstremistik g‘oyalar ta’siridan xalqimizni himoya qilishda sof Islom aqidasini keng yoyish, chiroyli pand-u nasihat qilish va aholi ilm-ma’rifatini boyitishga katta urg‘u qaratilayotgani alohida qayd etildi.
Ayniqsa, Qur’oni karimni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlanish uchun O‘zbekistonning har bir hududida tajvid kurslari tashkil etilgani ishtirokchilarga manzur keldi.
Muftiy hazratlari kechirimlilik siyosati tufayli mamlakatda ekstremistik guruhlarga aloqador deb hisoblangan fuqarolar, o‘z qilmishidan pushaymonligi va to‘g‘ri yo‘lga kirganligini hisobga olinib, maxsus hisobdan chiqarilgani hamda tuzalish yo‘liga o‘tgan minglab shaxslar jazodan ozod etilgani haqida ma’lumot berdilar. Mazkur toifadagi insonlar o‘zlarini davlat himoyasi va g‘amxo‘rligi ostida ekanlari, to‘laqonli fuqaro sifatida his qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar hozirlanganiga urg‘u qaratdilar.
Nutqda, yoshlarni adashishlikka olib boruvchi omillarga qarshi qaratilgan ishlarga katta e’tibor berilayotgani, xususan, ulamolar, imom-xatiblar va diniy soha xodimlari doimiy ravishda aholiga imon-e’tiqod, din-u diyonat va ilm-u ma’rifat haqida ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilayotgani to‘g‘risida Muftiy hazratlari alohida to‘xtaldilar.
Shu bilan bir qatorda xalqimiz e’tiqodi sofligini muhofaza qilish ishlari nafaqat mamlakat ichkarisida, balki tashqarisida ham faol amalga oshirilayotganiga barchaning e’tiborini qaratdilar. Ayniqsa, Yaqin Sharq va Afg‘oniston hududlaridan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilgan “Mehr” operatsiyalari, olib kelinganlarning jamiyatga moslashuvi uchun qilinayotgan ishlar ko‘pchilikning e’tirofiga sazavor bo‘ldi.
Yangi O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi tajribalar, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Ibrohim Allom, davlat va din arboblari tomonidan yuqori baholandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish