253

Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur bellashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida ikki oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etildi.

O‘zaro hurmat va do‘stona ruhda o‘tgan bahs durang natija bilan yakunlandi. Futbol bellashuvi tomoshabinlardan katta taassurot qoldirdi.

O‘yindan so‘ng Akademiya rahbariyati tomonidan mehmonlarga kechki taom dasturxoni yozildi. Mutasaddilar tomonidan bu kabi hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish