306

Doktor Hamza Bakriy ishtirokida tashkil qilingan mahorat darslari yakunlandi

Ilm insonni ulug‘laydi. Shubhasiz dunyo hikmat va ma’rifatga to‘la. Ilmni to‘g‘ri anglashga ko‘makdosh ustozning mahorati, ilm dunyosining boyligi, tajribasiga bog‘liq. Hozirgi zamonamizning shunday ustozlari sirasiga Kalom va islom falsafasi bo‘yicha yetuk olim, Doktor Hamza Bakriyni kiritishimiz mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Doktor Hamza Bakriy ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bir qator masjid imomlari va ilmiy xodimlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. 

Mahorat darsida ma’ruzachi tomonidan tinglovchilarga aqidaga oid masalalar, mazhab, shuningdek, zamonamizning turli ixtilofli masalalari va ularning yechimlariga oid ilmiy ma’lumotlar taqdim etildi. Mahorat darslari barchaga manfaatli bo‘lgani tinglovchilar tomonidan alohida e’tirof etildi.

Doktor Hamza Bakriyning O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidagi tashrifi yakunlandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish