“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Shu munosabat bilan Akademiya majlislar zalida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokir Ro‘ziyev, Akademiya “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari Bekzod Muxtarov, o‘quv kursi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Zohidjon Islomov tinglovchilarni o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan tabrikladi. Ilm olish fazilati, ilm olish har bir yosh-u qari uchun zaruriy amal ekanligi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ota-ona mas’uliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganliklari haqidagi sertifikat topshirildi. Shuningdek, mazkur kursda faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va tinglovchilarga Akademiya rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Qur’oni karim va tajvid kurslari davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish