Akademiya magistrantining kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Akademiya magistranti Jasurbek Abduqodirov muallifligidagi mazkur kitob “Islomda ziyorat tushunchasi va uning odoblari” va “Ziyoratgohlarning inson shaxsiy qadriyatlaridagi o‘rni” kabi boblarga bo‘lingan.
Taqdimotda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri, yosh tadqiqotchining ilmiy rahbari Mirodil Haydarov, kafedra professor-o‘qituvchilari, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Anvar Xudoyorov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov, Axborot-resurs markazi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.
Risola ziyorat tushunchasi va uning mohiyati, islom dinida ziyorat qilishga munosabat va uning odoblari, ziyorat amalining inson shaxsiy qadriyatlariga ijobiy ta’siri va O‘zbekistondagi mashhur ziyoratgohlar faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda sayohatning, xususan, ziyorat amalining bugungi kundagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Taqdimotga yig‘ilganlar mazkur risola ziyorat turizmining inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri, ziyoratning mazmun-mohiyati va uning odoblarini bayon qilishini ta’kidlab, muallifning kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga muvaffaqiyat tilashdi.
Tadbir yakunida “Ziyorat turizmi: ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa” kitobi muallif tomonidan Akademiya Axborot-resurs markaziga taqdim etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish