337

Elektron hukumat mavzusida binar dars bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari bilan hamkorlikda 1-bosqich magistratura “Axborot xavfsizligini boshqarish” mutaxassisligi talabalari uchun “Elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligi” fani doirasida binar dars tashkil etildi.

Dars jarayonida “Elektron hukumat” markazining Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi xodimi Jahongir Topildiyev O‘zbekistonda elektron hukumat sohasida olib borilayotgan eng so‘nggi loyihalarga to‘xtalgan bo‘lsa, Axborot xavfsizligi va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Abat Xojamuratov “Elektron hukumat” markazida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanilayotgan choralar bo‘yicha amaliy taqdimot o‘tkazdi.

Binar dars bahs-munozalarga boy o‘tdi. Eng asosiysi, magistrantlar o‘z sohalari bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish