447

Malaka oshirish tinglovchilari test sinovlarida ishtirok etdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahrining Yunusobod, Yashnobod, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Bektemir va Olmazor tumanlaridagi umumta’lim maktablarining “Tarbiya”, “Davlat va huquq asoslari”, “Tarix hamda arab tili” fani o‘qituvchilari uchun 10 kunga mo‘ljallangan 72 soatlik malaka oshirish o‘quv-kurslari tashkil etilgandi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Malaka oshirish o‘quv-kurslarida o‘tilgan mavzular bo‘yicha tuzilgan test sinovlarida o‘qituvchilar darslar mobaynida olgan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. O‘qituvchilar 20 daqiqa davomida 20 ta savolga javob topishga harakat qilishdi. Har bir to‘g‘ri topilgan javob uchun 5 ball berilib, ularning ko‘rsatkichlari 100 ballik tizimda baholanadi.

Test sinovlaridan so‘ng malaka oshirish o‘quv-kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga mutasaddilar tomonidan sertifikat topshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish