293

Kalom va islom falsafasi bo‘yicha yetuk olim Akademiyada

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy hay’ati a’zosi, Turkiya Respublikasi Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy Akademiyaga tashrif buyurdi.

Olimning yurtimizga tashrifi davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh”, “Xadichai kubro” o‘rta maxsus islom bilim yurtlari mutaxassislari uchun “Qo‘lyozma manbalarni tadqiq qilish” hamda “Kalom ilmi” kurslari doirasida bir haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish