385

Akademiya magistrantlariga sayyor dars o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor, filologiya fanlari doktori Zohidjon Islomov tomonidan Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlariga “Yozuv tarixi va kitobat san’ati” fanidan amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi. 

O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida o‘tkazilgan sayyor dars davomida magistrantlarga tashkilot xodimlari tomonidan qo‘lyozmalar fondining tashkiliy tuzilmasi, bino va bo‘limlar faoliyati tanishtirildi. Magistrantlar fondda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar bilan ishlash jarayonini kuzatishdi. 

Sayyor dars davomida Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan noyob manbalar, jumladan, Langar Qur’onining (VIII asr) faksimile, XIII asrda ko‘chirilgan noyob qo‘lyozma hamda Alisher Navoiyning XV asrga taalluqli qo‘lyozmasi nusxasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Manbalar xazinasida saqlanayotgan manbalar katalogini o‘rganish jarayonida magistrlar dissertatsiya mavzulari doirasida yangi manbalarni tadqiqot jarayoniga jalb qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish