287

Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” tanlovi o‘tkazilgan edi.

Kuni kecha mazkur tanlovning g‘oliblari aniqlandi. Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jahongir Saidqulov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi E’zoza Usmonxo‘jayeva, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muhammadamin Mamanov hamda “Qiyosiy dinshunoslik” 1-bosqich magistranti Ibrohim Nig‘matullayev “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” g‘oliblariga aylanishdi.

Shu munosabat bilan iqtidorli talabalarimizning mazkur yutuqlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish