302

Akademiya jamoasining harbiy soha xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-treninglardagi faol ishtiroki e’tirof etildi

Yurtimizda ilk marotaba harbiy soha tizimi xodimlarini ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari tomonidan “Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusida amaliy seminar-treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati hamda jamoasiga amaliy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirilib, esdalik nishoni berildi.

Yo‘llangan tashakkurnomada ilk marotaba harbiy soha tizimi xodimlarini ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan seminar-treninglarda Akademiya jamoasining faol ishtirok etayotgani e’tirof etiladi. Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish tomonlar uchun manfaatli ekani, kelgusida bu hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishi bildirilgan.

Shuningdek, Akademiya jamoasiga mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish, yurtimiz ravnaqi, respublikamiz ijtimoiy-ma’naviy muhitini barqarorlashtirish hamda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlarda bardavomlik, metin iroda, mustahkam sog‘lik tilangan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish