234

Turkiyadagi ilmiy safar sayyohat bilan yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Islomshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatsiya Istanbuldagi Ayo Sofiya, To‘p Qopi, Ayub Sulton, Ali Qushchi majmualarida bo‘lishdi. 

Dastlab kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ZOOM dasturi orqali onlayn ishtirok etishdi. 

Mazkur anjumanda tarix fanlari nomzodi, dotsent Saidmuxtor Oqilov “Moturidiya ta’limotida din va siyosat masalasi” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, kafedra a’zosi Ilhom Bekmirzayev Oksford islom tadqiqotlari markazi professor Mustafa Usmon Amin bilan birgalikda “Islom tushunchasida globallashuv: muammolar va imkoniyatlar”, R.Adigamovning “Tatariston musulmonlari idorasining tarkibiy bo‘linmalari va musulmon qavmining Tatariston Respublikasining ijtimoiy hayotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi ma’ruzalari katta qiziqish bilan qarshilandi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari kun davomida turk tarixi, madaniyati, arxitekturasi bilan bog‘liq obyektlar hamda islomshunoslikka oid ilmiy-tadqiqot nashrlari bilan tanishishdi.

Delegatlarimizning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari yakunlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish