250

Mediasavodxonlikka bag‘ishlangan davra suhbatlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida axborot maxsulotlarini mustaqil va mas’uliyat bilan qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga bag‘ishlangan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.


Unda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov talabalarga bugungi axborot asrida media maxsulotlardan foydalanish madaniyatini oshirish, mas’uliyat bilan yondashish, globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritib, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligini ta’kidladi.


Ma’lumki, axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy, harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan. Undan samarali foydalanish esa mamlakat xavfsizligi hamda jamiyat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Axborot maxsulotlarini qabul qilishda mas’uliyat bilan yondashish, mediasavodxonlik ko‘nikmasini shakllantirish davr talabidir.


Shu maqsadda, o‘tkazilgan davra suhbatida ham talaba-yoshlarga axborot xavfsizligiga rivoya qilish, yangi asr kashfiyotlaridan to‘g‘ri, unumli va samarali foydalanish, axborot maxsulotlarini qabul qilishda mas’uliyat bilan yondashish, mediasavodxonlik ko‘nikmasini shakllantirish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar atroflicha javob berdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
19
Yoshlar bilan ishlash
Odob-axloq – inson ziynati
22:49
Apr
19

Izoh qoldirish