Akademiya talabalar teatr studiyasi yana sahnada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalar teatr studiyasi tomonidan Akademiyada O‘zbekiston san’at arbobi Jo‘ra Mahmudovning “Sadoqat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakli yig‘ilganlarga taqdim etildi.
Unda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Akademiya talabalar teatr studiyasi a’zolarining erishayotgan yutuqlari rektor tomonidan e’tirof etildi. Ma’lumki, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining Toshkent shahar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hududiy bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Mazkur tanlovda Akademiya talabalar teatr studiyasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Akademiya talabalar teatr studiyasi erishayotgan muvaffaqiyatlar bilan ularni yana bir bor tabriklab, o‘qish va faoliyatlarida omad tilaymiz!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish