202

Akademiya rahbariyati ishtirokida “Futbol shou”si o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya talabalar terma jamoasi hamda rektor Muzaffar Komilov boshchiligidagi rahbariyat jamoasi o‘rtasida “Futbol shou”si o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur shou tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, mutasaddi rahbarlar hamda talabalar o‘rtasida samimiy muloqot, yoshlarda ko‘tarinki kayfiyat paydo qilish maqsadida tashkil etildi. 

Bayramona ruhda bo‘lib o‘tgan bellashuv tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Asosiy vaqtda 4:4 hisobi qayd etilgach, penaltilar seriyasida rahbariyat jamoasining qo‘li baland keldi. 

Uchrashuvdan so‘ng kuni kecha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostidagi mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasining Toshkent shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Akademiya jamoasi taqdirlandi. Talabalarga faxriy yorliq va pul mukofoti topshirildi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish