365

Moskva davlat universiteti professoridan mahorat darsi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori Tohir Bozorov tomonidan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

“Amaliy psixologiya va psixologik amaliyot” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Akademiya professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari ishtirok etdi.

Ushbu seminar Akademiya “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi bilan Moskva davlat universitetining Toshkent filiali o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida tashkil etildi. 

Olimning amaliy psixologiya va psixologik amaliyotni insonlarning  kundalik turmushida qanday namoyon bo‘lishini psixologik yondashuv orqali o‘rganish g‘oyasi haqidagi metodologik va eksperimental materiallari soha mutaxassislari, anjuman qatnashchilari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. 

Seminarda shaxsda diniy ong va diniy xulq-atvorning namoyon bo‘lishi, psixologiya fanidagi markaziy tushunchalarining klassik va zamonaviy talqini, shaxs individual xususiyatlari jamoadagi o‘zgarishlarning psixologik talqini, amaliy psixologiyaning metodlarini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Mahorat darsi yakunida professor-o‘qituvchilar, doktorant hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi atroflicha javob berdi. Soha mutaxassislari uchun foydali hamda mazmunli o‘tgan tajribalarga boy uchrashuv uchun psixologiya fanlari doktori, professor Tohir Bozorovga minnatdorchilik bildirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish