329

Akademiya o‘qituvchisi “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi

Yurtimizda 16-20-may kunlari “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Anjumanga turli xorijlik mehmonlar — din vakillari, taniqli dinshunoslar, din ulamolari, huquqshunoslar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, olimlar tashrif buyurdi.

Ushbu jarayonlarda xorijlik mehmonlarga ta’lim muassasalar, tashkilotlardan tarjimonlar jalb etildi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Bahodir Pirmuhamedov ham nufuzli forumga kelgan mehmonlarga chet (arab) tili bo‘yicha tarjimonlik qildi.

Kuni kecha tarjimonlar guruhi a’zolari xalqaro forum tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan o‘qituvchimiz Bahodir Pirmuhamedovni tabriklab, olib borayotgan faoliyatlariga omad tilaymiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish