337

Istanbul universiteti talabalari uchun Akademiya o‘qituvchilari tomonidan navbatdagi ma’ruza darslari o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilarining Istanbul universitetida safari davomida rejalashtirilgan navbatdagi ma’ruza darslari tashkil etildi.

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizimi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Nilufar Botirova Ilohiyot fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Islom banklarida Murobaha instrumentidan foydalanish samarasi va uni an’anaviy banklarga tadbiqi” mavzusida ma’ruzasini amalga oshirdi. 

Shuningdek, ushbu kafedra katta o‘qituvchisi O‘ktam Jiyanov “O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo allomalarining iqtisodiy rivojlanish omillari talqini” mavzusida ingliz guruh talabalari uchun ma’ruza qildi.

Darslar yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ma’ruzachilar talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish