21-may - Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni
Ushbu sana yurtimizda Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tiborga olinib, munosib rag‘batlantiriladi.
Bu borada 2019-yil 23-avgust “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash to‘gʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
Mazkur qonun uzoq yillar tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, kutubxonachi kasbining nufuzini oshirish, kutubxona ishiga yosh, iqtidorli, ilg‘or kadrlarni jalb etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizdagi barcha tashkilotlar, ta’lim muassasalarida Axborot-kutubxona tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Yildan-yilga ularning moddiy texnik bazasi, soha xodimlarining tajriba va malakasini oshirish, yuqori bilim hamda ko‘nikmaga ega bo‘lgan yosh kadrlar bilan ta’minlash ishlari jadallashmoqda.
Shu jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham Axborot resurs markazi faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda Markazda 271 o‘rinli o‘quv zali tashkil etilgan. Talabalarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida badiiy adabiyotlar bo‘limida 56 o‘rinli Book cafe tayyorlanib, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatmoqda. АRM fondida 6939 nomda 67330 nusxada o‘quv adabiyotlari mavjud.
Markazda yagona elektron kutubxona tizimi ishga tushirildi. Ushbu tizimda Axborot-resurs markazidagi barcha elektron resurslar tizimga ketma-ketlik asosida joylashtirilmoqda. Tizimga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari ham foydalanishi va mavjud elekron resurslarini ushbu tizimga joylashtirish imkoniyati yaratildi.
Axborot-resurs markazida book.iiau.uz veb sayti 2021-yil aprel oyidan boshlab ishga tushirildi. Library dasturiga hozirgi kunga qadar 5731 ta elektron va 1540 ta audio adabiyotlar joylashtirildi. 4200 ta elektron kitoblar maxsus fondda saqlanmoqda. Mavjud adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilib, foydalanishda talab yuqori bo‘lgan adabiyotlar skaner qilinmoqda.
Book.iiau.uz dasturi orqali elektron kutubxonaga a’zolik tizimli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 1605 nafar talaba elektron a’zo qilingan. Bu dastur orqali talabalar mustaqil masofadan turib o‘zlari ARMga a’zolikni amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi video rolik telegramm kanalda joylashtirilgan.
Bugungi kunga qadar Axborot-resurs markazi tomonidan 60070 nusxada adabiyotlar maxsus shtrix kod bilan ta’minlandi. Arxiv fondidagi shunindek yangi qabul qilinayotgan adabiyotlar shtrix kod bilan taminlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun 52 nomda audio darsliklar, 56 nomda 738 nusxada brayl alifbosida shundan, 47 nomda 700 nusxada ilmiy adabiyotlar hamda 9 nomda va 38 nusxada badiiy adabiyotlar joriy qilindi va talabalar turar joyida 2 ta, o‘quv zalida 2 ta kompyuterlarga NVDIA (ko‘zi ojiz talabalar uchun) dasturi o‘rnatilgan.
ARMda hozirgi vaqtda umumiy 27 ta kompyuter mavjud, shundan 20 tasi ARM o‘quv zalida, 7 tasi talabalar turar joyida. Bundan tashqari ARMda printer qurilmasi 2 ta, skaner 1ta, nusxa ko‘chirish moslamasi 2 ta mavjud. Internetdan foydalanish to‘liq ta’minlangan.
Sohada amalga oshirilayotgan ishlarni birma-bir sanash mumkin. Barcha sa’y-harakatlar yoshlarning puxta bilim olishi, o‘z kasbining mohir ixtirochisi bo‘lib, kelajada el-yurtiga sadoqat bilan xizmat qilishi uchun yaratilmoqda. Zero, yoshlar — kelajak bunyodkori! Ularning bilim olishi uchun bugun har qancha e’tibor berilsa, albatta, kelajakda o‘z natijasini beradi.
Fursatdan foydalanib, ana shu ezgu yo‘lda fidokorana xizmat qilayotgan Axborot-kutubxona tizimi xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan muborakbot etamiz. Sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, ishlarida omad va yuksaklik tilab qolamiz!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi
Izoh qoldirish