O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda din psixologiyasining ilmiy-nazariy va amaliy masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur anjuman respublikamizda din psixologiyasi, uning shakllanishi, rivojlanishi va ushbu sohadagi dolzarb muammoli masalalarni o‘rganish bo‘yicha to‘plangan tajribani umumlashtirishga qaratilgan maqsadga muvofiq tashkil etildi.
Konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskava davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Musulmonlarga psixologik xizmat ko‘rsatish assotsiatsiya Boshqirdiston bo‘limi, Rossiya islom instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi, Guliston davlat universitetining mas’ul vakillari, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalaridagi sohada faoliyat olib boradigan professor-o‘qituvchilar, olimlar, mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov Akademiya rektori Muzaffar Komilovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Unda mehmonlar, konferensiya ishtirokchilarini mazkur ilmiy-amaliy anjumanda qatnashayotgani uchun minnatdorchilik bildirilgan. Sohadagi sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirish va din psixologiyasi sohasida keng miqyosdagi xalqaro hamkorlikni, kelajak rivojiga qaratilgan ilmiy yondashuv va xulosalarni birgalikda ishlab chiqishni davrningo‘zi taqozo etishi, din psixologiyasi sohasidagi respublikamiz va xalqaro ilm-fan sohasida to‘plangan tajriba va amaliyot bilan tizimli ravishda ilmiy tajribalarni almashib turish soha rivojiga xizmat qilishi ta'kidlanadi.
Konferensiyani O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova olib bordi.
Anjumanda “Diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik asoslari”, “Destruktiv diniy tasavvurlarning shaxsga psixologik ta’siri”, “Ijtimoiy gerontologiyaning psixologik jihatlari”, “Об этических трудностях в деятелности психологов-мусулман”, “Yoshlarda diniy identifikatsiya shakllanishi muammolari”, “Hozirgi zamon amaliy psixologiya tendensiyalariga raddiya”, “Kognitiv yondashuvda diniy ma’lumotlarni tushunish xususiyatlarining psixologik jihatlari”, “Din – shaxsning psixologik barqarorligi omili sifatida” hamda “Kafedra nashrlarining taqdimoti” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Bugungi anjuman doirasida amalga oshirilgan muloqotlar, sohaga oid turli masala bo‘yicha fikr, bilim va tajriba almashinuvlar, tahlillar, ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar konferensiyaning barcha ishtirokchilari – xorijiy ta’lim muassasalari, nufuzli tashkilot vakillari, davlat ilmiy muassasa va tashkilotlar xodimlari, yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun g‘oyat foydali bo‘ldi.
Onlayn hamda oflayn formatda tashkil etilgan anjuman 6 ta “Psixologiya va dinshunoslik fanlari uyg‘unligi muammolari”, “Diniy ongning shakllanishi, rivojlanishi va transformatsiyasi xususiyatlari”, “Din psixologiyasi va shaxs tarbiyasining pedagogik-psixologik muammolari”, “Diniy deviatsiya yuzaga kelishining psixologik omillari va uni bartaraf etish yo‘llari”, “Din psixologiyasi va kognitiv xulq-atvor psixoterapiyasi istiqbollari”, “Din psixologiyasi fanini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari” kabi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda olibborildi.
Konferensiya yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha umumiy xulosalar qilindi. Bu kabi ilm anjumanlari soha rivoji uchun foydali bo‘lishini qayd etishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish