238

Brett SHARFS: O‘zbekiston yetakchisi “Inson qadri indeksi” tushunchasini amaliyotga kiritdi

Brigam Yang universiteti Xalqaro huquq va dinshunoslik tadqiqotlari markazi direktori Brett Sharfs “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumidagi chiqishida O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi siyosatida yaqqol namoyon bo‘layotgan inson huquq va manfaatini ta’minlash borasidagi tashabbuslarini alohida qayd etdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq sovet respublikalari rahbarlari orasidan birinchi bo‘lib BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida ma’ruza bilan chiqish qildi. O‘sha nutq asl zamirida aynan inson huquqi, erkinligi va manfaati yotadi.

O‘zbekiston rahbari tomonidan ilk bor “Inson qadri indeksi” tushunchasini amaliyotga tadbiq etilgan ma’ruzadagi qarashlar, yondashuvlar "Punta del Este-2018" deklaratsiyasi mazmuniga juda mos keladi.

Tahririyat: Eslatib o‘tamiz, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro islom akademiyasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimiyatlari tomonidan tashkil etilgan. Anjumanda Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSHdan taniqli ulamolar, dinshunos,  huquqshunoslar va rasmiy vakillar ishtirok etmoqda.

O‘zA

Izoh qoldirish