Marvin TOMAS: “Buxoro deklaratsiyasi” jahon hamjamiyati uchun katta yutuq
“Deklaratsiyalar muloqoti” forumida ekspert sifatida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniyaning “CSW” (Xristianlar birdamligi) inson huquqlari tashkiloti prezidenti Marvin Tomas o‘z ma’ruzasida “Buxoro deklaratsiyasi”ni tarixiy voqea, deb atadi:
- Avvalo, O‘zbekiston tomoniga, ushbu nufuzli anjuman tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildirmoqchi edim.
Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinishi - tarixiy voqelik, O‘zbekiston va butun dunyo hamjamiyati uchun katta yutuq. Mazkur hujjat shunchaki fikrlar majmuasi emas, balki ko‘p yillik faol amaliy sa’y-harakatlar natijasi, oldingi deklaratsiyalarning mantiqiy yig‘indisi ko‘rinishidagi ahamiyatli qo‘llanma sifatida amaliy harakatlar izchilligini ta’minlashi zarur.
Shu o‘rinda mamlakatingizda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tmoqchi edim. So‘nggi yillarda erishilgan ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, bu harakatlar to‘xtatmasligini istardim. Zero, ayniqsa, bugungi tez o‘zgaruvchan global dunyoda sohaga nisbatan shunday yondashuv juda muhim. Sohada xizmat qilayotgan mutaxassis borki, umumiy ishimizga hissa qo‘shishi kerak, chunki oldinga tashlangan har bir ijobiy qadam ma’qullanadi, qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zA
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish