Akademiya vakillarining Istanbul universitetiga tashrifi samarali davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti dekani professor Ramazan Muslu va doktor Sumayya Parildar bilan uchrashdi. Muloqotda Ramazan Muslu Akademiya vakillarining tashrifidan mamnunligini bildirdi. Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarni alohida hurmat bilan tilga oldi.
Akademiya jamoasiga rahbarlik qilayotgan Olim Astanakulov iliq qabul uchun Ramazan Musluga minnatdorlik izhor etdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Istanbul universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida ilmiy-akademik va ta’lim sohalarining barcha yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishiga umid bildirdi.
Ilohiyot fakulteti professori Sumayya Parildar Istanbul universiteti tomoni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shuningdek, ikki ta’lim muassalari o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yishda Erasmus+ dasturi doirasida ish olib borilayotgani hamda tez orada ushbu dastur doirasida o‘zaro shartnoma imzolash bo‘yicha taklif tayyorlanayotganligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Olim Astanakulov Ilohiyot fakulteti dekani, professor Ramazan Musluga Akademiya nomidan esdalik sovg‘alarni topshirdi.
Shundan so‘ng Akademiya professor-o‘qituvchilarining Istanbul universitetidagi yana bir ma’ruzasi tashkil etildi. “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizimi” kafedrasi mudiri, professor Olim Astanakulov 4-bosqich talabalariga “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish