Bret SHARFS: O‘zbekiston noyob tajribasi bilan inson qadr-qimmatini yuksaltirish masalasida yetakchi mamlakatga aylana oladi
Brigam Yang universiteti Xalqaro huquq va dinshunoslik tadqiqotlari markazi direktori Bret Sharfs “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida, jumladan, shunday dedi:
- O‘zbekiston o‘zining noyob madaniy-tarixiy, diniy-falsafiy merosi va siyosiy-huquqiy tajribasi bilan inson qadr-qimmatini yuksaltirish, diniy bag‘rikenglik, madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlarni hurmat qilish va tushunish masalalari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatga aylana oladi va shunday bo‘lishi ham kerak.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSH Global jalb qilish instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimiyatlari tomonidan tashkil etilgan. Anjumanda Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSHdan taniqli ulamolar, dinshunos, huquqshunoslar, rasmiy vakillar ishtirok etmoqda.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish