381

Akademiya jamoasi bugun yarim finalda o‘ynaydi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Turnirning chorak finalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Vakillarimiz ketma-ket uchinchi marotaba penaltilar seriyasida raqiblaridan ustun kelganini ta’kidlash joiz.

Bugun Akademiya jamoasi O‘zbekiston Milliy universitetiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bahsda ham vakillarimizga omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
07
Yoshlar bilan ishlash
“Akademiya ligasi” start oldi
15:38
Apr
04

Izoh qoldirish