218

Akademiya vakillarining Istanbul universitetiga tashrifi davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari Istanbul universitetiga tashrifining ikkinchi kunida Ilohiyot fakultetida bo‘lishdi. U yerda Akademiya jamoasini fakultet dekani o‘rinbosari Umit Horozchu kutib oldi.  

Umit Horozchu Akademiya vakillariga fakultet tarixi, faoliyat yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha ma’lumot berdi. Tashrifdan mamnun ekanligini bildirib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik qilish har ikki oliy ta’lim muassasasi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Akademiyaning “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Gulnora Gulyamova universitetning Ilohiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga “O‘zbekistonda ziyorat turizmi salohiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Akademiya vakillarining tashrifi davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish