396

Hamkorlikning yangi bosqichi

MEMORANDUM

Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish mamlakat rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan yurtimizda innovatsion rivojlanish sohasidagi qator dasturlar, chora-tadbirlar tizimli va izchil amalga oshirilmoqda.

2019-yilning 24-iyul kuni yurtimizda birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki ochilgan edi. Yoshlar orasida innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi IT-park o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda IT-park o‘rtasida imzolangan mazkur kelishuvga ko‘ra, ikki tomonlama manfaatdorlikdan kelib chiqqan holda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimini yaratish, Akademiya talabalari o‘rtasida startap-ekotizimni, shuningdek, ta’lim sohasini rivojlantirish ustuvor maqsadlardan biriga aylanishi shubhasiz.

Memorandumga muvofiq, tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, grantlar, qo‘shma loyihalar, startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida IT-parkning inkubatsiya markazini tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish