423

Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishi 1-kurs magistrlari uchun TOPIS (Traffic OPerating Information System) mavzusida onlayn dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda Janubiy Koreyalik o‘qituvchi, dotsent Byung Voon Choi talabalarga axborot oqimining ko‘payib borayotganligi, ulardan kerakli axborotni ajratish, hozirgi kunda Janubiy Koreyadagi IT va transport xavfsizligi yuzasidan ishlab chiqilgan TOPIS platformasi, uning istiqboli haqida batafsil ma‘lumot berdi. 

Mashg‘ulot davomida magistrlar tomonidan berilgan savollarga javob olindi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati               

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Apr
07
Yoshlar bilan ishlash
“Akademiya ligasi” start oldi
15:38
Apr
04

Izoh qoldirish