425

Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun!

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida islohotlarning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. E’tiborlisi, ushbu yangilanishlarda muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida: 

Eng avvalo, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish kabi muhim maqsadlar belgilangan. 

Shu nuqtai nazardan, kuni kecha davlatimiz rahbari ishtirokida Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani, nuroniylar, pensionerlar, nogironligi bor shaxslar, xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada oshirish bo‘yicha keng-ko‘lamli chora-tadbirlar belgilanib, muhim qarorlar qabul qilinishi zamirida ham inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ezgu maqsadlar mujassam. 

Jumladan, mutasaddilarga yig‘ilishda belgilangan moddiy yordam tizimini amalga oshirish, bayram kunlarida muhtojlar holidan xabar olib, ularga sovg‘a va mukofotlarni yetkazish topshirildi.

Shu maqsadda ushbu ezgu tashabbus hamda xayrli ishlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham amalga oshirildi. 2022-yil 1-chorak yakunlari va Hayit bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar, ham moddiy, ham ma’naviy tomonlama rag‘batlantirildi.

189 nafar xodim oylik ish haqiga nisbatan 50 foizdan 150 foizgacha rag‘batlantirish summasi berildi. Jami sarflangan summa -382,3 mln.so‘m (bundan 368,3 mln.so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan, 14,0 mln.so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan).

64 nafar asosiy shtat birligida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar 1,0 mln.so‘mdan rag‘batlantirildi. Jami summa 64,0 mln.so‘m (bundan 17,0 mln.so‘m byudjet va 47,0 mln.so‘m to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi).

69 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1030-son qarori bo‘yicha  tegishli tartibda rag‘batlantirildi. Jami summa: 121,0 mln.so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan.

Hayit bayrami munosabati bilan Akademiya jamoasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida  Jami 567,3 mln.so‘m mablag‘ sarf etildi. Bunda 520,3 mln.sum byudjet va 47,0 mln.so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi.       

Shuningdek, Akademiyaning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda litsey jamoasiga Hayitlik sifatida Jami 120 karobkada  asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari iborat xadyalar tarqatildi. 

2022-yil boshidan beri Akademiyada professor-o‘qituvchi va xodimlarni rag‘batlantirish va ustama haq to‘lash maqsadida jami 1 mlrd. 554 mln. so‘m  (bunda 1 mlrd. 346 mln. so‘m byudjet mablag‘lari, 197 mln.so‘m to‘lov-kontrakt mablag‘lari va 11 mln. so‘m byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi). 

Bir so‘z bilan aytganda yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar inson qadrini ulug‘lashga, uning orzu-umid, ezgu maqsadlarini ro‘yobga chaqarish uchun xizmat qilmoqda. Zero, Inson qadri — ulug‘. U ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish