368

Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti tyutorlari hamda talabalari “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy merosi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurazzoq Obro‘y hamda yozuvchi Muhammadsiddiq Rahmatov Mahmudho‘ja Behbudiy hayoti va ijodi haqida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish