261

Delegatlarimiz Ozarbayjon ilohiyot instituti jamoasi bilan uchrashdi

Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talaba-yoshlari, o‘qituvchi hamda xodimlari bugun Ozarbayjon ilohiyot instituti Fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Mirniyaz Murselov bilan uchrashdi. 

Muloqotda tomonlar ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar bilan o‘rtoqlashdilar. M.Murselov imzolangan o‘zaro Anglashuv memorandumiga asosan, hamkorlikda qo‘shma dasturlar ochish, hammualliflikda o‘quv qo‘llanma va maqolalar chop etish, muntazam ravishda konferensiya va seminarlar tashkil etish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi.

Shuningdek, Akademiya vakillari institutning o‘quv bo‘limi, islomshunoslik va dinshunoslik kafedralari mudirlari va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Akademiya vakillarining Ozarbayjon Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish