“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 144 soat (uch oy)ga mo‘ljallangan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 4-bosqichi yakunlandi.
Shu munosabat bilan, Akademiya faollar zalida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.Ro‘ziyev, o‘quv kursi professor-o‘qituvlari va tinglovchilar ishtirok etdi.
Z.Islomov tinglovchilarni o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabriklab, ularga yaratilgan sharoitlarning qadriga yetish, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, ilm olishda bardavom bo‘lish hamda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida mas’uliyat bilan yondashish haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir yakunida 120 nafar tinglovchilarga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganlari haqidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, faol o‘qituvchi va tinglovchilarga Akademiya rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Ta’kidlash lozimki, bugungi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursini jami 300 nafar tinglovchilar tamomladi.
“Qur’oni karim va tajvid” kurslari davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish