Shoazim Minovarov: "Yurt rivojiga hissa qo‘shish har bir o‘g‘il-qizning burchi"
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojida buyuk mutafakkirlar ilmiy merosining roli va ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Shoazim Minovarov yurtimiz zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lib, mintaqamizda tug‘ilib o‘sgan buyuk mutafakkirlar islom ilmlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shishganini ta’kidladi. Allomalarning ilmiy-ma’rifiy va madaniy-ma’naviy merosini tiklash, uni o‘rganish va targ‘ib qilishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.
— Poytaxtimizda bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining bugungi kundagi ahamiyati, markazning yurtimiz ilm-fani rivojida tutgan o‘rni beqiyos, — ta'kidladi Shoazim Minovarov. — Mazkur majmua yurtimizda kechayotgan Uchinchi Renessans davrining muhim poydevorlaridan biri bo‘lishiga ishonchimiz komil. Zamonaviy bilimlarni egallab, yurt rivojiga hissa qo‘shish har bir o‘g‘il-qizning burchi. Siz, aziz yoshlarga yuzlanib, vaqtni qadriga yetish, o‘z ustingizda tinimsiz ishlash, bilim olishdan to‘xtamaslik kerakligini aytgan bo‘lardim.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish