Akademiya jamoasi “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda
Bugun yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda 2022-yil 1-martdan “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur loyihada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining jamoasi ham faol ishtirok etib kelyapti.
Bugungi xayrli, ezgu ishda ham Akademiya jamoasi tomonidan poytaxtimizning Sergeli tumanidagi bo‘sh turgan yerlarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad tuman va shaharlarda hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilashdan iborat.
Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va e’tibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun esa tabiatni muhofaza qilish, daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishdir.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish