Akademiya vakillari ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi
Poytaxtimizda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi hamda Konrad Adenauer fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Sivilizatsiyalararo muloqot – xalq diplomatiyasining muhim omili” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Zohidullo Munavvarov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etishdi.
Konferensiya “Globallashuv davrida madaniyatlararo muloqot”, “Xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlanishida xalq diplomatiyasining o‘rni” kabi seksiyalarga bo‘lindi.
Tadbirda Akademiya professori Zohidullo Munavvarov “Xalq diplomatiyasi: O‘rta Osiyo musulmon ilohiyot maktablari va sufiylik tariqatlarining xalqaro ta’siri” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Akademiya o‘qituvchisi bugungi globallashuv jarayonida sivilizatsiyalararo muloqotning muhimligi, xalq diplomatiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladi.
Seminar davomida bildirilgan mavzular yuzasidan savol-javoblar, qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish