399

Hazrati Imom majmuasida “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐maʼrifiy kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan 7-8-aprel kunlari Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida ilk marotaba “Kitob – kamolot kaliti” ilmiy‐maʼrifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkazilmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada yurtimizdagi nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do‘konlari ilmiy, maʼrifiy va badiiy kitoblari bilan ishtirok etmoqda.

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Hazrati Imom majmuasida o‘tkazilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir doirasida kitoblar taqdimoti, taniqli shaxslar ishtirokida yoshlarni ilm-maʼrifatga daʼvat etadigan suhbatlar, shuningdek, kitobxonlar o‘rtasida sovrinli tanlovlar o‘tkaziladi. Tadbir doirasida taʼlim muassasalari uchun ochiq osmon ostida maʼnaviy‐maʼrifiy va badiiy tadbirlar o‘tkazish imkoniyati taqdim etiladi. 

Bundan tashqari, bugun soat 14:00 da majmuada “Qur’on va tafsil ilmiga oid kitoblar” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi. Unda Shayx Abdulaziz Mansur, Shayx Alijon qori, Hasanxon Yahyo Abdulmajid hamda Abror (Muxtor Ali) Abduazimov ishtirok etadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish orqali yurtimizda chop etilayotgan eng so‘nggi kitoblar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish