416

Germaniyada Akademiya doktorantining monografiyasi chop etildi

Germaniyaning xalqaro Lambert nashriyotida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tayanch doktoranti Dildora Nishanovaning Axsikentlik alloma Husomuddin al-Axsikatiy ijodiy faoliyatiga oid monografiyasi chop etildi. 

Mazkur maqolada Islom huquqshunosligi rivojida, Husomuddin al-Axsikatiy ilmiy merosining ahamiyati, “Al-Muntaxab al-Husomiy” asarining Farg‘ona fiqh maktabiga qo‘shgan hissasi ilmiy tahlil etilgan.

Shuningdek, monografiyada olimning  ilmiy merosiga yozilgan sharhlar va bugungi kunda jahon qo‘lyozmalar fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozma toshbosma nusxalari ilmiy dalillar bilan asoslangan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish