Navbatdagi seminar-trening Namanganda o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining “Islomda gender” mavzusidagi loyihasida ishtirok etgan edi. Natijada Buyuk Britaniya hukumatining ko‘magida “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqdi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘yicha Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazining viloyatlardagi filiallarida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan filiali bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xujayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri doktor Mirodil Haydarov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, shuningdek, otinoyilar hamda targ‘ibot guruhi yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbirni B.Xujayev kirish so‘zi bilan ochib berib, loyiha va yaratilgan kitob haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
Shundan so‘ngNigora Yusupova va Mirodil Haydarov qo‘llanmada ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, ijtimoiy tarixiy negizlari, uning madaniy-ma’naviy xususiyatlarini hamda islom ta’limotida ayollar masalasini hal etishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma’rifiytashkiliy jihatdan o‘ziga xosligini huquqiy nuqtai nazardan tadqiq etilgani, shu bilan birga huquqiy hamda diniy normalarni o‘z ichiga olgan islom huquqining tuzilishini inobatga olib, tadqiqotda islomda ayol huquqlarini islom huquqining asl manbalari Qur’oni karim va hadislar asosida ochib berilganini batafsil tushuntirib o‘tishdi.
Shuningdek, kitobdagi islom huquqida ayol masalasini fuqarolik huquqi, oila huquqi, siyosiy huquq nuqtai nazaridan hal etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviyaxloqiy asoslari, islom huquqi normalarida oilaviy munosabatlarga kirishishdagi ayollarning huquqlari, mahrga oid huquqlar, nafaqa, meros taqsimotidagi ulushlari, siyosiy huquqlari, gender va gender tengligi, reproduktiv salomatlik hamda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish masalalarini yoritib berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar bu kabi seminarlar ish faoliyatida g‘oyat ahamiyatli ekanini ta’kidlab, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish