“Din ishlari bo‘yicha qo‘mita kubogi” sport o‘yinlari g‘oliblari aniqlandi
Diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 2022-yil 30-mart kuni Toshkent shahridagi diniy ta’lim muassasalari (Toshkent islom instituti va “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi) hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘rtasida sportning mini futbol, arqon tortish va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur sport o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rin O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga, 2-o‘rin Toshkent islom institutiga hamda 3-o‘rin “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblariga Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning diplomlari va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish