“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Shayxontohur tuman hokimligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, mas’ul xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, Shayxontohur tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla raislari, yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilib, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javob berishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish