337

Bilimdonlar bellashuvi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyi o‘quvchi yoshlari bilan Akademiya akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 

Unda ikki ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir ikki ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun ham manfaatli bo‘lib, tomonlar o‘zlarining xorijiy tilni bilish va aqliy salohiyatlarini namoyish etish bo‘yicha bahs olib borishdi. 

Shuningdek, Akademiya akademik litseyi faol o‘quvchilari uchun Akademiyada Buyuk Britaniya Birmingem universiteti bitiruvchisi, ayni paytda Toshkent prezident maktabi o‘qituvchisi, xalqaro toifadagi ustoz Javid Akram bilan yangi formatdagi motivatsion suhbat bo‘lib o‘tdi.

Ushbu suhbatda Toshkent prezident maktabi 11 sinf o‘quvchisi, 30 dan ortiq turli medal va mukofotlar, xalqaro olimpiadalar sovrindori Muhammadrizo Majidov ham ishtirok etib, tengdoshlariga muvaffaqiyatlari siri haqida ma’lumot berdi. Tadbir ingliz tilida olib borildi. Litsey o‘quvchilari bunday formatdagi tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan takliflar berishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish