413

Psixologlar uchun oʻquv seminari tashkil etildi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarining psixologlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari, Akademiya professor-oʻqituvchilari, “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati aʼzolari, “Ziyo-zukko” taʼlim maskani jamoasi hamda poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablarining psixologlari ishtirok etdi.

Trening mashgʻulotlari malakali psixologlar tomonidan “Oʻquvchilarning taʼlim jarayonidagi individual psixologik xususiyatlari va muloqotdagi toʻsiqlar”, “Oʻquvchi yoshlarda mafkuraviy immunitetni rivojlantirishda psixologik yordamning oʻziga xos xususiyatlari” kabi mavzularida oʻtkazildi.


Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish