Akademiyada xorijiy talabalar uchun imkoniyatlar yanada kengaymoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abdullajonov va Akademiyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda N.Abdullajonov tomonidan xorijiy talabalarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun Xorijiy talabalar Kengashi tuzilayotgani ma’lum qilindi.
Kengashning asosiy maqsadi – xorijiy talabalarga, Akademiya hayoti va o‘quv jarayoniga moslashishlariga ko‘maklashish, mahalliy talabalar bilan hamjihatligini oshirish, ularning ijtimoiylashuviga yordam berish hamda madaniy, ijodiy va sport sohasidagi iqtidorini namoyon etishga imkoniyat yaratish, ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar, turli qiziqarli tadbirlarda ular ishtirokini rag‘batlantirishdan iborat.
Ayni vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Afg‘oniston davlatlaridan jami 39 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.
Uchrashuv yakunida talabalar tuzilayotgan xorijiy talabalar kengashi hamda Akademiya rahbariyati tomonidan ularga berilayotgan imkoniyat va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish