350

O‘quv seminarlar o‘tkazildi

Davlatimiz rahbari tomonidan “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan darajada e’tibor qaratilmoqda. Zero, yoshlar har bir davlatning kelajagi, salohiyatini belgilovchi muhim kuch sanaladi.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining “Tarix”, “Tarbiya”, “Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zolari, “Ziyo-zukko” ta’lim maskani jamoasi hamda poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlarda soha mutaxassislari tomonidan “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari”, “Yoshlar ongi va dunyoqarashini milliy qadriyatlarimizga mos ravishda shakllantirishda o‘qituvchilarning vazifalari”, “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – birdamlik omili” kabi mavzularda seminarlar o‘tkazildi.

Shuningdek, ertaga 26-mart kuni tashkil etiladigan trening mashg‘ulotlari davomida malakali psixologlar tomonidan psixologik darslar o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish