370

Akademiya vakillari “Ta’lim va Karyera” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Bugun “Yoshlar ijod saroyi”da boshlangan “Ta'lim va Karyera” ko‘rgazmasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari qatnashmoqda. Tadbir ishtirokchilari va tashrif buyurganlar kerakli tavsiyalarni oliy ta'lim muassasalari va o‘quv markazlarining rasmiy vakillaridan batafsil bilib olishadi.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, ular Akademiya faoliyati, maqsad va vazifalari, ta'lim jarayonlari haqida qiziquvchilarga ma'lumot berishmoqda. 

Ko‘rgazma 18-19-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish