Akademiyada Xalqaro talabalar klubi tashkil etilmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida iqtidorli, xorijiy tillarni bilish darajasi yuqori bo‘lgan, til sertifikatlariga ega talaba-yoshlar hamda yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov Akademiyada Xalqaro talabalar klubini tashkil qilish loyihasi ustida ish olib borilayotgani haqida ma’lum qildi.
Xalqaro talabalar klubiga Akademiyada tahsil olayotgan xorijiy talabalar hamda iqtidorli, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan va uni tasdiqlovchi sertifikatlarga ega talabalar a’zo bo‘lishlari aytildi.
Shu nuqtai nazardan, til sertifikatlariga ega bo‘lgan, iqtidorli, faol talabalarni birlashtirish, ular ishtirokida xalqaro tadbirlarni tashkillashtirish, xalqaro miqyosda talabalarning faolligini oshirish Xalqaro talabalar klubining asosiy maqsadi ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, chet eldagi talabalar assotsiatsiyalari, jamiyatlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ular bilan konferensiya, simpozium, davra suhbatlari o‘tkazish, Akademiyada tashkil etilgan xalqaro talabalar konferensiyasini tashkillashtirishda ishtirok etish, xorijiy grantlar izlash kabilar klubning asosiy vazifalari etib belgilanganligi aytib o‘tildi.
Ayni vaqtda Xalqaro talabalar klubi Nizom loyihasi ishlab chiqilayotgani va unda talabalarning ham fikr-mulohazalari inobatga olinishi aytildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish