Yangi O‘zbekiston yoshlari – jinoyatchilikka qarshi!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faollar zalida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish mavzusida ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – jinoyatchilikka qarshi!” mavzusidagi tadbirda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Akademiya profilaktika katta inspektori, mayor Asror Abduvaliyev, o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Shuningdek, ma’rifiy suhbatda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati katta inspektori, podpolkovnik Kamoliddin Qurbonov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilariga yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bu borada olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berildi. Yakunda talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish