Oila mustahkamligini ta’minlashda yoshlar tarbiyasining o‘rni
Mamlakatimizda oilaning mavqeyini e’zozlash Konstitutsiyamizda ham o‘z aksini topgan. Bosh qomusimizning XIV bobi “Oila” deb nomlanishining o‘ziyoq yurtimizda ushbu masalaning davlat siyosati darajasida ekanligini bildiradi. Ayniqsa, Prezidentimizning 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham oila jamiyatimizning muhim bo‘g‘ini, yoshlar kamolotida tutgan o‘rni haqida ma’naviy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda O‘quv bo‘limi boshlig‘i Suhrob Xidirov, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatidan avval “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetining 1-bosqich talabalariga talabalik guvohnomasi topshirilib, ularning o‘qishlariga muvaffaqiyat tilandi.
Shundan so‘ng Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Matluba Qahhorova “Oila mustahkamligini ta’minlashda yoshlar tarbiyasining o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
– Yoshlar tarbiyasi va oila mustahkamligini ta’minlashda ma’naviy-ma’rifiy ishlar negizini milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz tashkil etadi, – deydi Matluba Qahhorova. – Yurtimizda oila masalasi hamda unga bo‘lgan e’tibor o‘ziga xos yo‘nalishda bo‘lib, davlat siyosati darajasida ko‘tarilganini e’tirof etish joiz.
Tadbir davomida oila institutini mustahkamlash hamda rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatining tamoyillari atroflicha muhokama etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish